Daryo

“Ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash shart” — Shavkat Mirziyoyev

Talabalarning bandligini ta’minlashni tizimli tashkil etish uchun bosh vazir boshchiligida respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi

1 daqiqa o‘qish21 704 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-mart kuni talabalarning ishlab, daromad topishiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Unda davlat rahbari rektorlar va mas’ullarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

“Qaysi hokim yoki rektor bo‘sh ish o‘rinlarini tahlil qilib, talabalarni joylashtirish bo‘yicha ishlagan? Hozircha bu savolga ijobiy javob yo‘q. Hokim va rektorlar, bir narsani bilinglar — ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash shart”, — deydi prezident yig‘ilishda.

Bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun bosh vazir boshchiligida respublika komissiyasi tuzilishi belgilangan. Hokimlar ham rektorlar bilan birga hududlarda shunday komissiyalar tashkil etadi.

Komissiya:
  • viloyat hokimlari va rektorlar bilan birga har bir oliygoh kesimida “talabalar balansi”ni aniqlab oladi;
  • vakant o‘rinlarini tahlil qilib, har bir viloyat bo‘yicha 1, 2 va 3-kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralarini ko‘radi;
  • bitiruvchi kurslar talabalarini esa hokim, rektor va korxonalar bilan birgalikda kelgusidagi ish joyini belgilab oladi va ularni haq to‘lanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboradi.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar