Daryo

“Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi” — Shavkat Mirziyoyev

Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar bo‘yicha har chorakda talabalar o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib borish topshirildi

1 daqiqa o‘qish37 146 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 4-mart kungi videoselektor yig‘ilishida talabalarning bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan bir qator topshiriqlar berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

“Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi”, — deydi prezident.

Oliygohlar atrofidagi maktab va bog‘chalarda 13 ming vakant ish o‘rinlari mavjud. Kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay bo‘lgan maktab va bog‘chalarga ishga joylashtirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar bo‘yicha har chorakda talabalar o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib borish topshirilgan. Har bir tarmoq rahbari o‘z sohasidagi oliygohlar bilan tizimli ishlab, salohiyatli talabalarni tanlab borishi kerak bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Markaziy bank har yili 3–4-kurs talabalari o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib, 60 nafar talabani haq to‘lanadigan stajirovkaga jalb qilish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Stajirovka yakunida eng yaxshi talabalarga doimiy ish taklif qilinadi.

Xuddi shunday ishlarni Iqtisodiyot, Moliya, Qurilish, Energetika, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari tizimli tashkil etishi shart etib belgilandi. Ushbu yangi tizim orqali har yili 3 ming nafar talaba band qilinadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar