Daryo

Namangandagi zapravkalardan birida portlash sodir bo‘ldi

Oqibatda bir nafar yollanma ishchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan

1 daqiqa o‘qish45 864 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan shahrida 15-fevral kuni yoqilg‘i quyish shohobchalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 12:30 atrofida shaharning “Lola” mahallasida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi orqa hududida yollanma ishchilar anchadan buyon foydalanishda bo‘lmagan ichi bo‘sh 25 tonna hajmdagi idishni tozalamoqchi bo‘lgan. Ichini dizel yoqilg‘isi bilan tozalab, ta’mirlash maqsadida payvandlash ishlari olib borilayotgan vaqtda dizel yoqilg‘isining bug‘i va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Oqibatda bir nafar yollanma ishchi tan jarohati olib, shifoxonaga olib borilgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uyiga ruxsat berilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar