Daryo

Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Portlash shoxobcha hududida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish53 512 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi AYoQShda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, 8-iyul kuni soat 14:36 da Samarqand viloyati Samarqand tumani “Qunduzsufiy” MFYda joylashgan AYoQSh hududida yer ostida joylashgan 25 tonnali sig‘imda payvandlash ishlari olib borayotgan vaqtida portlash sodir bo‘lib, sig‘imdagi, taxminan, 50 litr solyarka mahsuloti yongan.

Voqea joyiga zudlik bilan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 14:43 da yetib borib, yong‘in soat 14:50 da o‘rab olingan va soat 15:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

Portlash shoxobcha hududida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan va bir nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bundan avval Namangandagi xonadon oshxonasida gaz portlashi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘lgani, Urgutdagi gaz quyish shoxobchasida “ZIL” portlab ketgani hamda Nukusdagi restoranlarning birida gaz portlagani haqida xabar qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar