Daryo

Olmaliqdagi restoranda mast erkak va ayollar o‘rtasida janjal yuz berdi (video)

Janjal ishtirokchilari IIBga olib borilgan, voqea guvohlari va restoran mas’ullari ishga jalb qilingan

1 daqiqa o‘qish109 070 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi kafelardan birida mast holdagi erkak va ayollar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat 11-fevral kuni soat 21:30 da Olmaliq shahar “Birdamlik” mahallasida joylashgan “Marhamat” restoranida sodir bo‘lgan. Xabarga asosan shu vaqtda voqea joyiga Olmaliq ichki ishlar boshqarmasi tezkor-tergov guruhi yetib borgan.

O‘rganishlar davomida janjal ishtirokchilari bo‘lgan 2 nafar erkak va 4 nafar ayol aniqlanib, IIBga olib borilgan. Tibbiy ko‘rik xulosasida ularning mast holda bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda hodisa ishtirokchilariga sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tishi uchun yo‘llanma berilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea guvohlari va restoran mas’ullari ishga jalb qilingan.

“Surishtiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar