Daryo

OTMlarda an’anaviy ta’lim jarayonlari boshlangach, Toshkentga qancha talaba yetib kelgani ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan

1 daqiqa o‘qish39 470 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim jarayonlari 7-fevraldan bosqichma-bosqich boshlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning joylashishi to‘liq nazoratga olingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, talabalarga qulaylik yaratish, doimiy yashash hududidan ta’lim muassasalariga istalgan vaqtda yetib kelishlarini muvofiqlashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida jadval asosida tyutorlar (talabalarga qo‘shimcha dars o‘tuvchi o‘qituvchilar) jamoasidan iborat 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan.

Bundan tashqari, talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish sektori tomonidan ijara uy topishga qiynalayotgan talabalar muammolarini bartaraf qilish uchun mahalla raislari va IIB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunga kelib, hududlardan 36 738 nafar talaba Toshkent shahriga yetib kelgan. Ularning 10 032 nafari oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylariga, 18 204 nafari ijara xonadonlariga, 8 502 nafari yaqin qarindoshlarinikiga joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, talabalarga qulaylik yaratish, doimiy yashash hududidan ta’lim muassasalariga xavfsiz, tirbandliklarsiz yetib kelishlari, joylarda avia va temiryo‘l chiptalarini almashtirishdagi noqulayliklarning oldini olish hamda talabalarning ijara uylari va yotoqxonalariga ortiqcha qiyinchiliklarsiz joylashishlarini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Abduqodir Toshqulov Qashqadaryo OTMlaridagi talabalarga Telegram orqali dars berilganini tanqid qildi

Avvalroq O‘zbekiston OTMlarida kontrakt to‘lash muddati 1-martgacha uzaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar