Daryo

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati tiklandi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilardan tezlik me’yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘radi

1 daqiqa o‘qish64 949 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni 6-fevral kuni soat 11:00 dan yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qisqa muddatga yopilgan yo‘l yana ochilganini ma’lum qildi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Qayd etilishicha, tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi bois avtomobillar harakati uchun qisqa muddatga yopilgan yo‘l 6-fevral kuni soat 11:53 da qayta ochilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilardan tezlik me’yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” yakshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkinligini, tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilayotganini xabar bergandi.

Mavzuga doir: Video: Taxtaqoracha dovonida yog‘ayotgan kuchli qor

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar