Daryo

Taxtaqoracha dovoni qalin qor tufayli vaqtincha yopildi

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda

1 daqiqa o‘qish77 307 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni qalin qor yog‘gani tufayli vaqtincha yopildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

6-fevral kuni soat 11:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.

“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Taxtaqoracha dovonining qayta ochilishi bo‘yicha FVV matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yo‘llarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf qilish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” yakshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkinligini, tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilayotganini xabar bergandi.

Mavzuga doir: FVV 6—7-fevral kunlari Qamchiq dovoniga qor yog‘ishi mumkinligi sabab haydovchilarni ogohlantirdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar