Daryo

“O‘zgidromet” dam olish kuni ob-havo keskin yomonlashishini ma’lum qildi

Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi, yomg‘ir, qor, kuchli shamol, chang to‘zon kuzatilishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish112 871 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Dam olish kuni anomal iliq keskin sovuq bilan almashadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, 4-fevral, juma kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduz kuni havo 12-14 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 16-18 daraja iliqqacha isiydi.

Shanba kuni iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi. Kunduz kungi harorat 14-17 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 20-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kechasi biroz sovuq saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Resublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda qor aralash bo‘lishi mumkin. Harorat kunduz kuni 4-9 daraja iliqqacha, shimolda 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

4—6-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
  • 4-fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 metr/sekundgacha;
  • 5—6-fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 metr/sekundgacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilmoqda. “O‘zgidromet” hafta oxirlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), shamol tezligi kuchayishi, chang to‘zoni kuzatilishi haqida avval ham ogohlantirgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” qishning oxirgi oyi qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar