Daryo

FVV 6—7-fevral kunlari Qamchiq dovoniga qor yog‘ishi mumkinligi sabab haydovchilarni ogohlantirdi

Ta’kidlanishicha, dovonda shamol tezligi 25-27 metr/soniyagacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin

1 daqiqa o‘qish44 479 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 6—7-fevral kunlari A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududidan o‘tgan qismiga qor yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, dovonda vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17-22 metr/soniya va qisqa vaqtlarda 25-27 metr/soniyagacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovoniga 28-yanvar kuni ham qor yog‘gandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtirib borgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar