Daryo

“O‘zgidromet” hafta oxirlarida chang to‘zoni kuzatilishidan ogohlantirdi

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 25—28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin

1 daqiqa o‘qish81 062 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonga 4—7-fevral kunlari Turkmaniston hududlaridan iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi Respublika Gidrometeorologiya markazi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Ma’lum qilinishicha, 4—6-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
  • 4-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 metr/sekundgacha;
  • 5—6-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18—23 metr/sekundgacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25—28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
5-fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6-fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 6—7-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” qishning oxirgi oyi qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar