Daryo

Jizzaxda Volvo yuk mashinasi yonib ketdi (video)

Hodisa oqibatida yuk avtomobili va unga ortilgan qurilish materiallari yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish83 600 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Volvo yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 16-avgust kuni soat 22:27 larda ushbu tuman hududidan o‘tuvchi Toshkent—Termiz M-39 avtomagistral yo‘lining 989-kilometrida harakatlanib ketayotgan Volvo yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in joyiga Jizzax viloyati FVBning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib kelgan va yong‘in soat 23:05 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida yuk avtomobili va unga ortilgan qurilish materiallari yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati
Aniqlanishicha, yong‘in yuk avtomobili shinasi yorilishi oqibatida yuzaga kelgan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar