Daryo

Farg‘onadagi bozorda yong‘in chiqib, 25 ta kiyim-kechak do‘koniga zarar yetdi

Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan

1 daqiqa o‘qish33 058 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joylashgan bozorda 1-fevral kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1-fevral kuni soat 06:23 da “G‘alaba” MFY, Bo‘ston ko‘chasida joylashgan Quva savdo kompleksida (bozor) taxminan 25 ta kiyim-kechak do‘konining tomi, shifti va ichki qismi yongan.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:27da yetib borib, yong‘in 07:10 da qurshab olingan va soat 07:37 da o‘chirilgan. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVBlari rahbar xodimlari va 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Farg‘ona shahridagi Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar