Daryo

Toshkentdagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida bino ichidagi 50 kv/m maydon yonib ketgan

1 daqiqa o‘qish50 432 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 18-yanvar kuni hozirda ish faoliyati to‘xtatilgan kafe yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 18:08 da Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘layotgan to‘g‘risida shahar FVBga murojaat kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:15 da yetib borib, yong‘in soat 18:30 da qurshab olingan va soat 18:33 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida bino ichidagi, taxminan, 50 kvadrat metr maydonda chiqindilar yongan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar