• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bozorimizga katta miqdorda qalbaki valyuta kirib kelgan”. Mamarizo Nurmurodov tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlari ko‘rsatishga ruxsat berilmasligi sababini aytdi

    O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari uchun valyuta ayirboshlash punktlari ochish qonuniylashtirilmaydi. Bu haqda 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Anjumanda Mamarizo Nurmurodov valyuta ayirboshlash punktlarini tadbirkorlik subyektlari ochishiga ruxsat berilmasligi bo‘yicha Markaziy bankning qat’iy pozitsiyasi borligini ma’lum qildi.

    “FATF (Financial Action Task Force) xalqaro tashkiloti talablaridan kelib chiqib, biz xususiy sektor tomonidan valyuta ayirboshlash punktlari ochilishi bo‘yicha bir to‘xtamga kelganimiz yo‘q. Oxirgi paytlarda bankomatlarda valyuta ayirboshlashda shanba va yakshanba kunlarida uzilishlar bo‘layotgani to‘g‘ri, lekin bu ularni yomon ishlayotganidan emas. Gap shundaki, hozirda bozorimizga katta miqdordagi qalbaki valyuta kirib kelgan. Shunaqa valyuta kirib keldiki, uni bankomatlar o‘qiy olmayapti. Shuning uchun shanba va yakshanba kunlari ko‘p bankomatlardan foydalanish holatlarini chekladik. Bankomatlar dasturlarini o‘zgartiryapmiz”, — dedi Markaziy bank rahbari.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, valyuta ayirboshlashda dam olish kunlari yuzaga keladigan muammoga barcha tijorat banklari shanba va yakshanba kunlari ham ishlaydigan ayirboshlash punktlari tashkil etishi va bu bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z saytlarida e’lon qilib borishlari yechim bo‘la oladi.

    Avvalroq O‘zbekistonda tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu masala prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgani keltirilgan.

    Hujjatda 2022 yilda xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishining oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish rejalashtirilayotgani belgilangan.

    Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Facebook’da jonli efirga chiqib, o‘zi istiqomat qiladigan Yangiyo‘l shahrida 27-noyabr, shanba kuni bir soat davomida valyuta ayirboshlash shoxobchasini izlagani, biroq ularning barchasi yopiqligi sabab 50 dollarni “qora bozorda” almashtirishga majbur bo‘lganini yozib, Markaziy bankni tanqid qilgandi. Holatga Adliya vazirligi munosabat bildirib, uning bu harakatini qoralagandi.

    21.01.2022, 20:09   Izoh (0)   22629
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov atrofidagi manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan tekshiruv boshlandi

    21.01.2022, 20:00

    Avval sotuvchini pichoqlagan, so‘ng “chaqimchi” tanishini bolg‘a bilan urib o‘ldirgan — Xorazmda yuz bergan mudhish qotillik haqida

    21.01.2022, 19:57

    O‘zbekistonga 2021-yilda pul o‘tkazmalari orqali qancha valyuta yuborilgani ma’lum bo‘ldi

    21.01.2022, 19:29

    Toshkentga 20-yanvar kuni uchib kelgan 3480 yo‘lovchidan 66 nafarida koronavirus aniqlandi

    21.01.2022, 19:22

    Andijonda uyiga kelib janjallashgan qaynopasini pichoqlab, o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qildi

    21.01.2022, 18:12

    “Noobod mahalla”: Tanqiddan so‘ng “So‘g‘diyona” mahallasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

    21.01.2022, 17:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.