Daryo

“O‘zgidromet” yanvar oyining oxirigacha qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

Unga ko‘ra, yanvarning ikkinchi o‘n kunligi boshida va uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish112 270 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Hayot Shamsutdinov

“O‘zgidromet” 2022-yilning yanvar oyiga O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Hayot Shamsutdinov

Unda qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar oyi nisbatan iliq, ammo yomg‘irli ob-havo bilan boshlandi. Respublika hududi bo‘yicha deyarli har kuni yomg‘ir, tog‘larda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilgan.

7-yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtadi. Faqat Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ertalab, Farg‘ona vodiysida kun davomida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida biroz qor yog‘adi.

8—14-yanvarda respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 8-yanvar kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda

9—12-yanvarda havo harorati kechalari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, ba’zi joylarda 10—12 daraja iliqqacha, 13—14-yanvarda kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Yanvar oyining ikkinchi yarmida harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda esa kechalari 0-5 daraja sovuqdan 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ikkinchi o‘n kunlikning boshida va uchinchi o‘n kunlikning ayrim kunlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar