Daryo

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Unga ko‘ra, Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga hafta davomida respublika bo‘yicha yomg‘irli ob-havo bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish84 818 ko‘rishlar0 izoh0

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi, 3—4-yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq atrofida va me’yorga yaqin bo‘ladi.

3—4-yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 4-yanvar kuni shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar