Daryo

O‘zbekistonda 2022-yilda o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqi oshiriladi

Oliy toifali o‘qituvchilar maoshini 15 foizga, oliy toifali shifokorlar maoshini 10 foizga oshirish ko‘zda tutilgan

1 daqiqa o‘qish181 420 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 2022-yilda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning oylik ish haqlari oshiriladi. Bu haqda O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ma’lumot berilgan.

Ma’lum qilinishicha, iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha oshiriladi:
  • oliy toifali o‘qituvchilar uchun — kamida 15 foizga;
  • birinchi toifali o‘qituvchilar hamda oliy va birinchi toifadagi shifokorlar uchun — kamida 10 foizga;
  • ikkinchi toifali o‘qituvchi va shifokorlar uchun — kamida 5 foizga.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda O‘zbekistonda oliy toifali o‘qituvchilarning maoshi ekvivalent hisobida ming dollarga yetkazilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, tibbiyot sohasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ikki baravar oshirilib, oliy toifali shifokorlar maoshi ming dollarga yetkaziladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar