Daryo

O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Termizdagi “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi

1 daqiqa o‘qish49 798 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

O‘zbekiston 23-dekabr kuni Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Termizdagi “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shu munosabat bilan bugun, 23-dekabr kuni Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Afg‘onistonga bundan avvalgi insonparvarlik yordamini 14-sentabr kuni yuborgandi. Un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyabzallardan iborat 1300 tonnalik mazkur yordam butun mamlakat bo‘ylab kam ta’minlangan afg‘on oilalariga tarqatilgan.

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi 15-dekabr kuni Termiz orqali Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar