Daryo

BMT Termiz orqali Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

Afg‘onistonga yuborilgan dastlabki 40 tonnaga yaqin gumanitar yuk oshxona anjomlari, plastmassa qoplama va boshqa zarur hayotiy narsalardan iborat

2 daqiqa o‘qish42 232 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / UNHCR Central Asia

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining gumanitar yuki ortilgan ikkita maxsus yuk mashinasi 15-dekabr kuni Termiz orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Twitter / UNHCR Central Asia

Qayd etilishicha, Afg‘onistonga yuborilgan dastlabki 40 tonnaga yaqin gumanitar yuk oshxona anjomlari, plastmassa qoplama va boshqa zarur hayotiy narsalardan iborat bo‘lib, BMT Qochqinlar  ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Surxondaryo viloyatidagi Termez Cargo Centre’da O‘zbekiston hukumati ko‘magida tashkil etilgan gumanitar markazidan yuklangan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

O‘zbekiston—Afg‘oniston chegarasidan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu terminalga gumanitar yordam yuklari oktabr—noyabr oylarida havo va quruqlik orqali yetkazilgandi.

“Biz BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi eng zarur paytda tezkor insonparvarlik yordamini ko‘rsatishida O‘zbekiston hukumati va Termizdagi mahalliy hamkorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘makni qadrlaymiz. Endilikda millionlab afg‘onlar oziq-ovqat ta’minoti yo‘qligi muammosiga duch kelayotgani va qahraton qishdan omon qolish uchun o‘ta zaif bo‘lib qolgan bir paytda, odamlar hayotini saqlab qolish va gumanitar inqirozning oldini olish uchun shoshilinch yordam talab etiladi”, — degan BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligining aloqalar bo‘yicha katta maslahatchisi Frank Remus.

Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyabzallardan iborat insonparvarlik yordami yuborgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar