Daryo

Germaniyada “omikron” shtammidan birinchi o‘lim qayd etildi

Germaniyada yana 810 kishida “omikron” shtammi aniqlangan

1 daqiqa o‘qish30 492 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

Germaniyada koronavirusning “omikron” shtammiga chalingan odamlar orasida birinchi o‘lim qayd etildi, deb yozadi Reuters. Robert Kox instituti ma’lumotlariga ko‘ra, bemor 60—79 yosh orasida bo‘lgan.

Foto: AFP

Xabarga ko‘ra, Germaniyada yana 810 kishida “omikron” shtammi aniqlangan, mamlakatda koronavirusning ushbu turini yuqtirganlarning umumiy soni 3198 kishiga yetgan.

20-dekabrdan Germaniya “omikron” shtammi tufayli britaniyaliklarning mamlakatga kirishini cheklagandi.

Avvalroq Boris Jonson Britaniyada “omikron” shtammi bilan kasallangan bemor vafot etganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, AQShda ham “omikron” bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) haftalik hisobotiga ko‘ra, “omikron” shtammi dunyoning 106 ta davlatida aniqlangan.

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, deltaga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar