So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Boris Jonson Britaniyada “omikron” shtammi bilan kasallangan bemor vafot etganini ma’lum qildi

    13.12.2021, 21:46 17142

    Buyuk Britaniyada koronavirusning “omikron” shtammi bilan kasallangan bemorlardan kamida bir nafari vafot etgan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Afsuski, omikron kasalxonaga yotqizishlarni kuchaytirmoqda va afsuski, kamida bitta bemorning “omikron”dan vafot etgani tasdiqlandi” — dedi u. Jonson marhum haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

    Bungacha dunyoda “omikron” shtammidan birorta o‘lim holati ma’lum emasdi.

    Avvalroq Boris Jonson koronavirusning yangi “omikron” shtammi sabab voyaga yetgan barchaga Yangi yilga qadar revaksinatsiyadan o‘tishga ruxsat bergandi. Bundan oldin hukumat vaksinaning buster dozasini odamlar yanvar oxiriga olishi mumkinligini rejalashtirayotgandi.

    Shuningdek, Jonson Angliyada “B rejani” joriy etgandi — u odamlar uydan turib ishlashini, jamoat joylarida niqob taqish majburiyatini va vaksina hujjatlaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya o‘z cheklovlarini joriy etgan. Buyuk Britaniyada hozirda 3 mingdan ortiq odamda “omikron” shtammi tasdiqlangan.

    Koronavirusning yangi “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, deltaga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi.

     

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, “omikron” dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida qayd etilgan.

    Mavzuga doir:

    • Boris Jonsonning reytingi o‘tgan yilgi Rojdestvo ziyofati tufayli rekord darajada tushib ketdi. O‘sha paytda qat’iy lokdaun tufayli oddiy fuqarolarga hatto yaqinlarining dafn marosimiga borish taqiqlangandi
    • Buyuk Britaniyada “omikron” shtammi tufayli mamlakatga kirish tartibi kuchaytirildi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

    Bugun, 13:49

    ATB “Tenge Bank” The Banker xalqaro moliya jurnali tomonidan O‘zbekistonning yaxshi banki deb topildi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi

    Bugun, 13:39

    FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi

    Bugun, 13:22

    Qirg‘iziston MXDQ rahbari amaldorlardan barcha fohishaxonalarni zudlik bilan yopishni talab qildi

    Bugun, 12:47

    Namanganda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida davlatga 3 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

    Bugun, 12:37

    Zanjabil chindan ham foydalimi?

    Bugun, 12:30

    Qoraqalpog‘istonda 1,2 ming dona qalbaki “Qaratau”ni Samarqandga olib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi

    Bugun, 12:28

    Toshkentda sobiq hisobchi tadbirkorning 220 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgani aniqlandi

    Bugun, 12:22

    Andijondagi tergov hibsxonasida ayol kaltaklangani haqidagi xabar ombudsman tomonidan o‘rganildi

    Bugun, 12:17

    Tavsiya etamiz

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023

    Narxlari imi-jimida oshirilgan Chevrolet Onix pozitsiyalari sotuvda paydo bo‘ldi

    22:00 / 30.11.2023

    Foto: Namanganda qish arafasida pishgan anjir

    19:00 / 30.11.2023

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.