Daryo

JSST: Buster vaksinatsiya dasturi birinchi navbatda immuniteti kuchsiz insonlarga qaratilishi kerak

Ta’kidlanishicha, JSST barcha vaksinalar “omikron” shtammiga qarshi butunlay samarasiz bo‘lishiga ishonmaydi

1 daqiqa o‘qish17 836 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi kasallikning og‘ir shaklini keltirib chiqarmasligi to‘g‘risidagi fikrlar “bema’ni”, shu sababli “qo‘lni qovushtirib o‘tirish” kerak emas. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatanga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: EPA

“ ‘Omikron’ shtammi koronavirusning yengil varianti hisoblanmaydi va u kasallikning og‘ir kechadigan shaklini keltirib chiqaradi, shu sababli hech narsa qilmay o‘tirish, ahmoqlik”, — deydi Svaminatan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘plab davlatlarda amalga oshirilayotgan” buster vaksinatsiya dasturi birinchi navbatda immun tizimi kuchsiz insonlarga qaratilishi kerak.

Shu bilan birga, Svaminatanning ta’kidlashicha, JSST barcha vaksinalar “omikron” shtammiga qarshi butunlay samarasiz bo‘lishiga ishonmaydi.

Avvalroq Germaniya “omikron” shtammi tufayli britaniyaliklarning mamlakatga kirishini cheklagan edi. Aviakompaniyalarga 20-dekabr, yarim tundan boshlab Britaniyadan Germaniyaga sayyohlarni tashish taqiqlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, “omikron” varianti oldingi shtammlardan ko‘ra tez tarqalmoqda va hozirda u dunyoning 77 mamlakatida qayd etilgan. Mavzuga doir: Koronavirusning “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, deltaga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar