Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirusning yangi “omikron” varianti oldingi shtammlardan ko‘ra tez tarqalmoqda va hozirda u dunyoning 77 mamlakatida qayd etilgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus navbatdagi brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”. Brifing translyatsiyasi YouTube orqali uzatilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Yetmish yetti mamlakat ‘omikron’ holatlari haqida ma’lum qildi. Ehtimol, aslida u bundanda ko‘p davlatlarda mavjud, hatto hali aniqlanmagan bo‘lsa ham”, — deydi JSST bosh direktori.

Gebreyesusning ta’kidlashicha, tashkilot virusni yetarlicha baholamagan, chunki u kasallar soniga tayyor bo‘lmagan sog‘liqni saqlash tizimlarini qulatishi mumkin. Gebreyesusning eslatishicha, vaksinatsiyalangan insonlar emlanmaganlar kabi niqob taqishi va ijtimoiy masofalanishga rioya etishi zarur.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus koronavirusning yangi “omikron” shtammi sabab haddan ortiq jiddiy cheklovlarni joriy etayotganini ma’lum qilgandi.

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, deltaga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda