Toshkent shahar Uchtepa tumanida 125-yo‘nalishda qatnaydigan avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20-dekabr kuni soat 07:50 da tumanning Farhod ko‘chasida O‘rikzor—Do‘mbirobod 125-yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56 da yetib borib, yong‘in soat 08:00 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Ta’kidlanishicha, hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga doir: Farg‘onada Cobalt bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi mashina ichida yonib ketdi (foto, video)
Avvalroq Farg‘ona va Buxoroda avtobuslar, shuningdek, Toshkentda 8, 47 va 116-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar yonib ketgani haqida xabar berilgandi.







