Daryo

Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

Unga ko‘ra, ushbu valyuta kursi ketma-ket 5 kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

1 daqiqa o‘qish44 941 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 16-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,85 so‘mga pastlab, 10 830,15 so‘mni tashkil qildi. Yevro 48,18 so‘mga pastlab, 12 207,75 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 18,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 845 so‘mni tashkil etgandi. Respublikada ushbu valyutaning rasmiy kursi ketma-ket 5 kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi.

Tijorat banklarida esa 15-dekabr kuni dollar kursi 10 900 so‘mga qadar ko‘tarildi. Hisob palatasi 2022-yilda dollar kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda valyutani noqonuniy sotib olish va sotganlik uchun jazo yumshatildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar