Daryo

Video: O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi

Aholi uzoqdan bo‘lsa-da bayram mushakbozligini tomosha qilish uchun to‘plandi

1 daqiqa o‘qish66 734 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan har yili 1-sentabr kuni kechki soatlarda bayram mushakbozligi o‘tkaziladi. Bu yilgi bayram mushakbozligi tantanali ravishda ochilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi ushbu bog‘da mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan mushakbozlik soat 21:00 da boshlandi. Biroq ushbu bog‘ga olib boruvchi yo‘lda transport harakati 3 kunga — 31-avgustdan 2-sentabrgacha cheklangani sababli uni yaqindan ko‘rishning imkoni bo‘lmadi.

Shunga qaramay, aholi uzoqdan bo‘lsa-da bayram mushakbozligini tomosha qilish uchun to‘plandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli ushbu tadbir tashkillashtirilmagan edi.

Mavzuga doir: “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbir — suratlarda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar