Daryo

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga 16-dekabr kuni borishi kutilmoqda

Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari “kelajakka qaratilgan va o‘zaro manfaatli” hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qiladi

1 daqiqa o‘qish39 988 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev dekabr oyida Janubiy Koreyaga borishi haqida xabar berilgan edi. Yonhap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbarining ushbu mamlakatga 3 kunlik tashrifi kelasi hafta boshlanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Seulga tashrif 16-dekabr kuni boshlanadi, 17-dekabrda esa Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan muzokara o‘tkazadi. Ikki davlat rahbarlari “kelajakka qaratilgan va o‘zaro manfaatli” hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qiladi.

2022-yilda O‘zbekiston va Janubiy Koreya diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaydi.

Eslatib o‘tamiz, har ikki davlat rahbarlari 2021-yilning yanvarida videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazgandi. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In so‘nggi marta 2019-yil aprelida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan. Unga qadar 2017-yil noyabrida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga safar qilgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar