Daryo

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Sovuq antisiklon sharqiy tomonga qarab siljib, havo harorati ko‘tariladi

1 daqiqa o‘qish63 546 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, 19-noyabr kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 5-10 daraja iliqqacha isiydi.

Dam olish kunlarida ham yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Sovuq antisiklon sharqiy tomonga qarab siljib, havo harorati ko‘tariladi.

Shanba, 20-noyabr  kuni kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduz kuni 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni havo yanada isiydi. Kechasi harorat 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, kunduz kuni 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, 17—18-noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keldi va ayrim hududlarda, xususan, Toshkentda qor yog‘di. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar