Daryo

Qamchiq dovoni yo‘lidagi qorni tozalashga 121 ta texnika va 350 ga yaqin ishchi jalb etildi (video)

17-noyabr kuni Qamchiq dovoni yo‘lida qor uyumlari yuzaga keldi

1 daqiqa o‘qish72 892 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Qamchiqavtoyoʻl” matbuot xizmati

“Qamchiqavtoyo‘l” Qamchiq dovoni yo‘lida yo‘llarni qordan tozalash ishlarini amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 17-noyabr kuni Qamchiq dovoni yo‘lida yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishidan ogohlantirgandi.

A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni yo‘llarini qordan tozalash ishlarini amalga oshirish uchun “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 121 ta texnika va 350 ga yaqin ishchi xizmatchi safarbar qilingan.

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati
Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati
Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati
Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati
Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati
Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati

FVV matbuot xizmatining bildirishicha, dovon yo‘li harakatlanish uchun ochiq.

“Qamchiqavtoyo‘l” yo‘llar nam bo‘lgani bois, haydovchilardan tezlikni oshirmaslikka va keskin tormoz bermaslikka chaqirgan. Keskin tormoz sirpanish holatlarini yuzaga keltirishi, buning oqibatida esa ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tgan.

Mavzuga doir: Video: Qamchiq dovonida yog‘ayotgan qor

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar