Daryo

Markaziy bank QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berdi

QIWI MBning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilgan

1 daqiqa o‘qish25 348 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan Payment Aggregation Systems MChJ tomonidan QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish va “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgan.

Natijada “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari”ga ko‘ra, QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilib, elektron pullarning chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil iyunida O‘zbekistonda birinchi elektron pullar tizimi ro‘yxatdan o‘tgandi. Ta’sischilar PayPal bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini bildirgan. Keyinroq Markaziy bank PayPal’ning O‘zbekistonda nima sababdan ishlamasligini tushuntirgan.

Mavzuga doir: Markaziy bank kelgusi 3 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ikki ssenariysini e’lon qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar