Daryo

Qashqadaryoda harakatlanayotgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi

Hozirda holat bo‘yicha Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish69 450 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Nasafnews

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi, deb xabar beradi viloyati FVB axborot xizmati.

Foto: Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 4-noyabr kuni soat 21:00 larda Chiroqchi tumani “Annaro‘z” mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida 29 yoshli X.N. boshqaruvida bo‘lgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Biroq haydovchi va mashina ichida bo‘lgan 1973-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. IIV YHXBB axborot xizmati esa mazkur ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kimga jarohat yetmaganini yozdi. Shuningdek, gaz ballonining portlash vaqtida farq bor — idora ma’lumotiga ko‘ra, portlash soat 19:55 da sodir bo‘lgan.

Foto: Nasafnews

Hozirda holat bo‘yicha Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni Chiroqchi tumanida Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni, 29-sentabrda esa G‘uzorda harakatlanayotgan Lacetti’ning gaz balloni portlab ketgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar