Daryo

Qashqadaryoda “Jihodchilar”ning 12 nafari qo‘lga olindi

Ular orasida MFY raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar bor

1 daqiqa o‘qish68 390 ko‘rishlar0 izoh0

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Aniqlanishicha, o‘zaro yig‘inlar vaqtida ular “Jihodchilar” oqimi g‘oyalari yo‘g‘rilgan audio-video ko‘rinishdagi materiallarni tinglab, tomosha qilgan hamda hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirgan.

Guruhning 1969–1995-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 12 nafar a’zosi orasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar bor.

Guruh a’zolarining yashash manzillari ko‘zdan kechirilganda xotirasida diniy mazmundagi audio-video materiallar mavjud bo‘lgan uyali aloqa vositalari va fleshkartalar, shuningdek, nashriyoti ko‘rsatilmagan kitoblar borligi aniqlanib, ekspertizadan o‘tkazish uchun rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Surxondaryo va Jizzaxda “Jihodchilar”ning 15 va 23 kishidan iborat ikkita guruhi a’zolari, Qo‘qonda 9 kishidan iborat “Jihodchilar” guruhi, Toshkent viloyatida “Jihodchilar” ekstremistik oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olingandi.

Mavzuga doir: IShID a’zosi DXX tomonidan O‘zbekistonga olib kelindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar