Daryo

Chinozda “Jihodchilar”ning 10 nafari qo‘lga olindi

Surishtiruv davomida ushbu shaxslar “jihod” maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirgani aniqlangan

1 daqiqa o‘qish86 932 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida “Jihodchilar” ekstremistik oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Avvalroq Toshkent viloyatida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘tkazilayotgani va Zangiota tumanida ushbu tadbir natijasida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu tadbir IIBB va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyatning barcha shahar, tumanlari kesimida davom ettirilyapti.

Jumladan, DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIBB tomonidan Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan “Jihodchilar” oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olingan.

Surishtiruv davomida ushbu shaxslar “jihod” maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar