Daryo

Rossiyada giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik aka-uka 6 yilga qamaldi

Ular jazoni qattiq rejimdagi koloniyalarda o‘taydi

1 daqiqa o‘qish35 134 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Aurora News

Rossiyaning Kirovsk viloyatida oldindan til biriktirib, katta miqdorda giyohvandlik vositalarini sotishga uringan o‘zbekistonlik aka-ukaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Kirovsk viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 2020-yilda sintetik giyohvandlik vositalarining ulgurji partiyasini keyinchalik sotish maqsadida internet orqali sotib olgan. O‘zining jinoiy ishiga 28 yoshli akasini ham jalb qilgan. Ular til biriktirib, Kirov viloyatida giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan.

Og‘irligi kamida 40 gramm bo‘lgan sintetik giyohvandlik vositalarining navbatdagi partiyasini sotib olmoqchi bo‘lganida huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sud ularni Rossiya Jinoyat kodeksining 228-modasi 4-qismida (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, katta miqdorda giyohvandlik vositalarini sotishga urinish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, har biriga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrim etish jazosini tayinlagan.

Xabarda aytilishicha, ular jazoni qattiq rejimdagi koloniyalarda o‘taydi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar