Daryo

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiyada qo‘lga olindi

Ayni paytda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

1 daqiqa o‘qish58 998 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda bir necha oydan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi.

“Fontanka.ru”ning Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmalariga tayanib xabar berishicha, 25 yoshli ushbu fuqaro 2020-yilning yozida bir necha shaxs bilan birga oziq-ovqat do‘koni egasiga tayoq va bitalar bilan hujum qilgan.

Hodisaning deyarli barcha ishtirokchilari zudlik bilan qo‘lga olingan. Faqat 25 yoshli U.T. Rossiyaga qochib ketishga ulgurgan. Peterburgda u qurilishlarda montaj ishlarini bajarib, kun ko‘rgan.

U.T. Sankt-Peterburg janubidagi xonadonlarning birida ijarada yashagan va shu yerda 17-mart kuni “Granit” maxsus tezkor otryadi tomonidan qo‘lga olingan.

Qo‘lga olingan fuqaro hududiy politsiya bo‘limiga keltirilgan. Ayni paytda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq Sankt-Peterburgda 29 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘ldirib ketilgani, qotillikda 22 yoshli o‘zbekistonlik yigit gumonlanib, qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar