Daryo

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hukumat tarkibini yangiladi

Endilikda Tryudo hukumatining yarmini ayollar tashkil qilmoqda

1 daqiqa o‘qish33 008 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Vazirlar Mahkamasi tarkibini yangiladi. Bu haqda 27-oktabr kuni ABC News xabar berdi.

Foto: Reuters

Xususan, Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi boshqaruvi ayollarga — mos ravishda Melani Joli va Anita Anandga topshirilgan. Endilikda Tryudo hukumatining yarmini ayollar tashkil qilmoqda. O‘z navbatida, Xristya Friland bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri lavozimlarini saqlab qoldi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasida yangi lavozim – giyohvandlikka qarshi kurash va ruhiy salomatlik vaziri paydo bo‘ldi. Kerolayn Bennet ushbu lavozimni egalladi.

Tryudo hukumatida faqat o‘nta vazir o‘z o‘rnida qolmoqda. Vazirlar Mahkamasida hammasi bo‘lib 39 vazir, jumladan, Tryudoning o‘zi ham bor.

Nihoyat, Tryudo o‘z partiyasini Kanadadagi kelgusi saylovlarga olib borish niyatini e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Kanadada o‘tkazilgan muddatidan oldin saylovlarda Tryudo partiyasi g‘alaba qozongandi. Jastin Tryudoning Liberal partiyasi saylovlarda muxolifatchi konservatorlardan ko‘proq – 157 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tryudo saylovoldi tashviqotlari chog‘ida namoyishchilar tomonidan toshbo‘ron qilingandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar