So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi

    04.10.2021, 10:58 17917

    Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga ushbu lavozim uchun keyingi muddatga nomzodini qo‘ymaslikka qaror qilgach, Yaponiya hukumati 4-oktabr kuni to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Bu haqda Kyodo agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Fumio Kisida

    Fumio Kisida
    Foto: Reuters

    Yaponiyaning yangi bosh vaziri sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida bo‘ladi, u saylovda g‘alaba qozonib, hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP)ning yangi rahbariga aylangandi. 4-oktabrdan u o‘z lavozimiga kirishi va yangi kabinet tuzishi kerak.

    Kyodo, hukmron partiyadagi manbalarga tayanib, xabar berishicha, Kisida hukmron partiyadan yuqori martabali deputat Shunichi Sudzukini moliya vaziri etib tayinlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, u iqtisodiy va moliyaviy siyosat vaziri lavozimiga 53 yoshli Dayshiro Yamagivaning nomzodini ko‘rib chiqmoqda. 2012-yil dekabridan beri moliya vazirligini boshqargan 81 yoshli Taro Aso LDP vitse-prezidenti lavozimiga o‘tadi.

    Nikkei agentligi xabar berishicha, bo‘lajak bosh vazir parlament quyi palatasi uchun saylovlarni 31-oktabrga belgilamoqchi. Avvalroq Kisida ularni 7 yoki 14 noyabrga belgilashi taxmin qilingan edi.

    Yosixide Suga koronavirusga qarshi kurashga e’tibor qaratish maqsadida, muddati tugagach, Yaponiya bosh vaziri lavozimiga qayta nomzodini ko‘rsatmaslikka qaror qildi. “Ham koronavirusga qarshi choralar ishlab chiqish, ham saylov kampaniyasi mendan katta energiya talab qiladi. Men ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borolmayman, shuning uchun bittasini tanlashimga to‘g‘ri keldi”, — deya tushuntirdi u.

    Avgust oyi boshida bosh vazir faoliyatini ma’qullash bo‘yicha reyting eng past ko‘rsatkichga (28 foiz) tushib ketgandi. Bu, xususan, mamlakatda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari fonida koronavirus delta shtammining tez tarqalishi tufayli ro‘y berdi.

    Shu bilan birga, Tokiodagi Milliy siyosiy tadqiqotlar instituti Xarukata Takenaga NBC News telekanaliga ma’lum qilishicha, Olimpiya o‘yinlari bosh vazir lavozimiga ta’sir qilgan bo‘lsa-da, hal qiluvchi omilga aylanmagan. Yangi bosh vazir bo‘lishi kutilayotgan Kisida hukumatning koronavirusga qarshi kurashini tanqid qilgan. Uning ta’kidlashicha, rasmiylar qo‘shimcha shifoxona yotoqlarini tashkil qilish uchun yetarli mablag‘ ajratmagan va vaziyatni boshqarish uchun markazlashtirilgan organ yaratmagan.

    Mavzuga doir:

    • Ishonish qiyin, ammo ba’zida siyosatchilar ham o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqadi. Yakuniga yetayotgan Merkel davri — fotosuratlarda
    • Berlin saylov komissiyasi rahbari saylovlardagi tartibsizliklar tufayli iste’foga chiqdi
    • Tunis prezidenti bosh vazirni iste’foga chiqarib, parlamentni tarqatib yubordi. Parlament binosiga harbiy texnika tortib kelindi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ekologiya vazirligi o‘zbekistonliklarni “Avtomobilsiz kun”da ishtirok etishga chaqirdi

    Bugun, 08:50

    Toshkentning ikki tumani hududida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 08:38

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    Bugun, 07:11

    “71 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Prokuratura vaziyatni o‘rganmoqda”. Mas’ullar Chustdagi zaharlanish haqida ma’lumot berdi

    Bugun, 01:01

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    Kecha, 23:45

    Dunyoning eng mashhur mediamagnati mediaimperiya nazoratini o‘g‘liga topshirmoqda

    Kecha, 23:22

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    Kecha, 22:47

    “Sohani rivojlantirishga chindan ham ko‘maklashmoqchimisiz?” — Toshkent shahar MMTB ota-onalarga murojaat qildi

    Kecha, 22:33

    Qishda “svet” o‘chadimi, bu yil ham energetik inqiroz kuzatiladimi? Masʼullar javob berdi

    Kecha, 22:14

    Lionel Messi: “Jahon chempioni bo‘lgani uchun klub tomonidan tabriklanmagan yagona futbolchiman”

    Kecha, 22:12

    Tavsiya etamiz

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi

    13:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?