Daryo

O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya miqdori qancha?

Ta’kidlanishicha, mamlakatda 1991—2021-yillar davomida Prezident farmonlariga asosan pensiyalar miqdori 67 marotaba oshirilgan

2 daqiqa o‘qish67 814 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda 1991—2021-yillar davomida Prezident farmonlariga asosan pensiyalar miqdori 67 marotaba oshirilgan. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pensiya jamg‘armasi tizimida hisobga olingan pensiya oluvchilarning 2016-yil 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 421 629 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil sentabr oyida 924 780 so‘mga yetgan. Ya’ni o‘tgan davrda O‘zbekiston Prezidentining farmonlariga asosan pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshirilgan.

Shundan, 2021-yil sentabr holatiga ko‘ra bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori:
  • Toshkent shahrida — 1 250 992 so‘m;
  • Navoiy viloyatida — 1 176 323 so‘m;
  • Toshkent viloyatda — 1 012 617 so‘m;
  • Buxoro viloyatida — 941 411 so‘m;
  • Sirdaryo viloyatida — 936 392 so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 918 930 so‘m;
  • Samarqand viloyatida — 902 172 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyatida — 876 728 so‘m;
  • Xorazm viloyatida — 870 800 so‘m;
  • Surxondaryo viloyatida — 850 685 so‘m;
  • Jizzax viloyatida — 848 930 so‘m;
  • Farg‘ona viloyatida — 836 856 so‘m;
  • Namangan viloyatida — 802 125 so‘m;
  • Andijon viloyatida — 801 640 so‘m.
Shuningdek, 2021-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 548 093 nafarni tashkil etmoqda (umumiy aholi sonidagi ulushi 10,2 foiz). Bu 1991-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 1 389 098 nafarga yoki 64,3 foizga ko‘p demak. Mamlakatda pensiya oluvchilarning umumiy soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatiga tegishli bo‘lsa (462 204 nafar), Sirdaryo viloyatida eng kam — 103 140 nafar.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2022-yil 1-iyuldan boshlab davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan qator hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoni bilan 1-sentabrdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi. Farmonga ko‘ra, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so‘m, yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so‘m, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so‘m etib belgilangan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar