Daryo

Qashqadaryodagi 3 ta maktabning yuqori sinf qizlari o‘zaro janjallashdi (video)

Hozirda barcha o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish120 633 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 3 ta maktab o‘quvchi qizlari o‘zaro janjallashdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat 20-sentabr kuni Chiroqchi tumani 2-, 4- va 5-umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9-, 10-, 11-sinfining 3 nafar o‘quvchisi o‘rtasida yuz bergan. Ular oldindan bo‘lgan kelishmovchilik sababli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriy binosiga borganda o‘zaro gaplashish vaqtida janjallashib qolgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ichki ishlar organlari, xalq ta’lim bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda ota-onalar ishtirokida janjalning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, muhokama qilinmoqda.

Hozirda barcha o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar