Daryo

Toshkentda ikki maktab o‘quvchilari o‘zaro janjallashdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish103 872 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent IIBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Kadr: Videodan skrinshot

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 28-sentabr kuni 94-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 va 10-sinf o‘quvchilari va 145-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari Telegram messenjeri orqali o‘zaro gap talashib qolgan.

So‘ng ular shu kuni taxminan soat 13:20 larda Toshkent shahar Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida uchrashib, munosabatlarni hal qilmoqchi bo‘lgan. Mazkur uchrashuvga 20 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari kelgan va ularning bir nechtasi o‘rtasida janjal boshlangan.

Holatdan xabar topgan hududiy profilaktika inspektorlari Yo‘ldashbekov Abuzohid va Isamuhamedov Timur zudlik bilan voqea joyiga etib kelgan va ularning aralashuvi bilan katta mojaroning oldi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’kidlangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar