Daryo

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma’lum qilindi

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni va undagi ayollar ulushini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish47 130 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 3 million 938 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Shundan:
  • 2 955,2 ming nafari (74,2 foizi)ni yoshga doir pensiya (64 foizi ayollar);
  • 396,5 ming nafari (10,0 foizi)ni nogironlik pensiya (41,1 foizi ayollar);
  • 196,4 ming nafari (4,9 foizi)ni boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar;
  • 434,9 ming nafari (10,9 foizi)ni nafaqa oluvchilar (47,3 foizi ayollar) tashkil qildi.
Xususan, 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 106,2 ming nafar (3,7 foiz)ga, nogironlik pensiya oluvchilar soni 9,9 ming nafar (2,7 foiz)ga, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 7,4 ming oila (3,9 foiz)ga va nafaqa oluvchilar soni 34,3 ming nafar (8,7 foiz)ga ortgan.

2021-yilning yanvar—sentabr oylarida 293 million 9 ming nafar fuqaroga yangi pensiya va nafaqalar tayinlangan. Shundan 194,0 ming nafariga yoshga doir pensiya, 26,8 ming nafariga nogiron shaxs sifatida pensiya, 17,5 ming oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va 55,6 ming nafariga nafaqalar tayinlangan.

Qayd etilishicha, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 54,7 ming nafar yoki 22,9 foizga ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoni bilan 1-sentabrdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi. Farmonga ko‘ra, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so‘m, yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so‘m, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so‘m etib belgilangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2022-yil 1-iyuldan boshlab davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan qator hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar