Juda mashhur hamda ommalashgan film haqida gap ketganida, qahramonlarni ijro etgan aktyorlar o‘rnida nafaqat boshqa birovni, balki o‘zlarini ham boshqa yoshda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Vaqtga sayohat qilishning imkoni bo‘lmasa-da, aktyorlarning yoshlik chog‘ini hozirgi ko‘rinishiga qanday almashganini tasavvur qilish mumkin.
Maykl J.Foks va Kristofer Lloyd — “Kelajakka qaytib”
“Kelajakka qaytib” o‘tgan asrning 80-yillarida eng muvaffaqiyatli filmlardan biriga aylandi, ko‘plab mukofotlar va nominatsiyalarga sazovor bo‘ldi. Bosh rollarni Maykl J.Foks va Kristofer Lloyd ijro etgan, ularning har ikkisi ham jahon miqyosida shuhrat qozondi. Aktyorlarning yoshi o‘sha vaqtda 24 va 47 da edi. Foks shu kungacha suratga tushish ishlarini davom ettirmoqda va u 2020-yil Lil Nas X “The Origins of Holiday” da suratga tushdi. Lloyd ham 2021-yilda “Queen Bees” romantik komediyasida ishtirok etdi.
Jon Travolta va Semyuel L.Jekson — “Jinoiy asar”
Kventin Tarantinoning “Jinoiy asar” filmi (1994) kino tarixida klassik hisoblanadi. Shuningdek, film Jon Travolta va Semyuel Jeksonga katta shuhrat keltirdi. Film namoyish etilganidan 25 yildan oshiq vaqt o‘tib, 2020-yilda Travolta “Capital One: Christmas Ad” reklamasida ishtirok etdi va Jekson hozirda “Futha Mucka” seriali uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tom Xenks — “Forrest Gamp”
“Forrest Gamp” 1994-yilda Amerikadagi eng ko‘p daromad olgan filmga aylangan. Shuningdek, u tarixiy va madaniy klassik asar hisoblanadi. Tom Xenks 38 yoshida Forrest Gamp rolini o‘ynadi va keyingi yili eng yaxshi aktyor uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Xenks hozirda “Havo hukmdori” mini-serialini suratga olmoqda.
Bryus Uillis va Xeyli Joel Osment — “Oltinchi sezgi”
Bryus Uillis “Oltinchi sezgi” filmida rol o‘ynaganida 44, Xeyli Joel Osment esa 11 yoshda edi. Kartina ikki qahramonga ham katta shuhrat keltirdi, lekin Osment uchun bu haqiqiy yutuq bo‘ldi. Chunki uning aktyorlik karyerasi endigina boshlangan edi. Uillisning suratga tushgan navbatdagi filmi — “Yulduzli chegara”, Osment suratga tushgan “Not an Artist” kartinasi montajning oxirgi bosqichida.
Leonardo di Kaprio va Keyt Uinslet — “Titanik”
1997-yilda “Titanik” romantik sujeti falokat fonida qurilgan bo‘lib, butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Shuningdek, aktyor Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet misli ko‘rilmagan shon-shuhrat egasiga aylanadi. Bugungi kunga kelib, Di Kaprio endigina “Yuqoriga qarama” filmiga suratga tushish ishlarini yakunladi, Uinslet esa “Isttaunlik Meyr” mini-serialining yulduzi.
Makoley Kalkin − “Uyda yolg‘iz”
“Uyda yolg‘iz” trilogiyasining birinchi qismi chiqqanda aktyor Makoley Kalkin atigi 10 yoshda edi. Kevin Makkallister roli unga “Eng yaxshi komediya aktyori” nominatsiyasini taqdim etdi. Film oilaviy yangi yil klassikasi deb tan olindi, shuningdek, Kalkin ham mashhurlikka erishdi. Bugungi kunda u “Amerika qo‘rqinchli hikoyalari” serialining asosiy aktyorlaridan biridir.
Deniyel Redkliff, Emma Uotson va Rupert Grint — “Garri Potter va hikmatlar toshi”.
Deniyel Redkliff, Emma Uotson va Rupert Grint Garri Potter filmlarining asosiy aktyorlari bo‘lgan. Ular birinchi filmni 2001-yilda 12, 11 va 13 yoshlarida suratga olishni boshladi. Uchbirlik aynan shu kartina tufayli butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi.
Jonni Depp — “Edvard qaychiqo‘l”
Jonni Depp 1990-yilda, 27 yoshida “Edvard qaychiqo‘l” filmidagi bosh roli bilan dunyo miqyosida shuhrat qozondi. Bu kartina daromadda ham muvaffaqiyatga erishdi va tanqidchilar tomonidan olqishlandi. Hozir Depp “Boshi berk ko‘cha” nomli yangi animatsion mini-serial ustida ishlamoqda.
Richard Gir va Juliya Roberts — “Chiroyli ayol”
1990-yilda “Chiroyli ayol” eng kassabop filmga aylandi, buning natijasida bosh qahramonlar Richard Gir va Juliya Roberts dunyo miqyosida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, Roberts o‘z karyerasidagi ikkinchi “Oltin globus”ni oldi, aktrisa o‘sha vaqtda 24 yoshda edi. Gir aktyorlik sohasida faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek, tez orada uni Juliya Roberts bilan “Gaslit” serialida ko‘rish mumkin.
Sem Nill va Lora Dern — “Yura davriga sayohat”
Aktyorlar Sem Nill va Lora Dern 1993-yilda “Yura davriga sayohat” filmida bosh rolni ijro etgan. 1997-yilgacha kino tarixidagi eng yuqori daromadli film hisoblangan. Ikkala aktyor ham o‘z shon-shuhrati uchun ushbu loyihaga qarzdor.
Kirsten Danst — “Jumanji”
1995-yil Kirsten Danst 13 yoshida “Jumanji” filmidagi asosiy rollardan birini o‘ynagan. U 90-yillarning o‘rtalaridayoq kino aktrisasiga aylanib, mashhurlikka erishgan.
Kianu Rivz — “Matritsa”
1999-yilda “Matritsa” trilogiyasining birinchi qismi chiqdi. Film tomoshabinlar orasida juda mashhur bo‘lganligi sababli, tematik komikslar va videoo‘yinlar yaratishga qaror qilindi. Franshiza 35 yoshli Kianu Rivzga nafaqat dunyo miqyosida, balki dunyoning turli burchaklaridan muxlislarni olib kelgan ramziy belgiga aylandi.
Tom Kruz — “Eng yaxshi nishon”
“Eng yaxshi nishon” tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli filmlardan biri bo‘lib, tanqidchilar tomonidan ham tan olingan. Bu 80-yillardagi eng daromadli filmlardan biri edi va unda 34 yoshli Tom Kruz bosh rolni o‘ynagan. 2021-yil oxirida, birinchi film chiqqanidan 30 yildan oshiq vaqt o‘tgach, “Top Gan: Meverik” katta ekranlarga chiqadi. Unda aktyor Tom Kruz bosh rolni ijro etadi.
Dryu Berrimor — “O‘zga sayyoralik”
6 yoshida Dryu Berrimor “Yura davriga sayohat” chiqquniga qadar dunyodagi eng ko‘p daromad topgan “O‘zga sayyoralik” filmidagi bosh roli bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi. 2020 va 2021-yillar davomida Berrimor o‘zining shaxsiy teleko‘rsatuvi — “Dryu Berrimor Shou”da faoliyat yuritdi.
Mavzuga doir:
- 80 yoshdan oshgan bo‘lsa ham nafaqaga chiqmaslikka qaror qilgan aktyor va aktrisalar (foto)
- “Ularga qachonlardir odam bo‘lmaysan, deyishgandi”. Jahon yulduzlarining hech qachon taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari (foto)
- Anjelina Joli, Keyt Uinslet va ilk rolidagi ko‘rinishidan tanish mushkul bo‘lgan boshqa yulduzlar (foto)