Daryo

Samarqandda “ZIL” kabinasi yonib ketdi

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish31 756 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati FVB

Samarqand viloyatida “ZIL” rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Foto: Samarqand viloyati FVB

Qayd etilishicha, 28-sentabr kuni soat 15:38 da Samarqand tumani “Xisrav-1” MFYda joylashgan “Davlatbek 95” MChJ hududida “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasining motor qismi yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 1 ta yong‘in o‘chirish ekipaji soat 15:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:50 da qurshab olingan va soat 16:01 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Buxoroda to‘xtab turgan Cobalt’da yong‘in chiqqani, Namanganda Spark, Jizzaxda “KamAZ” yonib ketgani hamda Qarshida harakatlanib ketayotgan Lacetti’da yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar