Toshkent shahrida 25-sentabr, shanba kuni ATF 3 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Instagram

MMA kechasining asosiy janglaridan birida Nursulton Ro‘ziboyev (30-8-2) ukrainalik Aleksandr Dolotenkoga (20-11) qarshi bahs olib bordi. O‘zbekistonlik yakkakurashchi birinchi raunddayoq raqibini og‘ritish usuli bilan taslim etdi.

12-sentabr kuni Nursulton Rossiya poytaxti Moskvada o‘tgan Open FC 10 musobaqasida Braziliya vakili Aleks de Pauloni yengib, promoushen o‘rta vazn toifasi chempioniga aylangandi.