Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan o‘yinda “PSJ” 25-sentabr, shanba kuni “Monpelye” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Parijda o‘tgan o‘yinda mezbonlar ishonchli g‘alabaga erishdi. Idrissa Guye 14-daqiqada jarima maydonchasi tashqarisidan super zarba yo‘llab, hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Yulian Draksler hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Qayd etish o‘rinli, mazkur uchrashuvni “PSJ” hujumchisi Lionel Messi o‘tkazib yubordi. Argentinalik futbolchi o‘tgan turda ham jamoasiga yordam bera olmagandi.

Ushbu g‘alabadan keyin “PSJ”ning ochkolari 24 taga yetdi va peshqadamlikni yanada mustahkamladi. “Monpelye” esa 9 ochko bilan 11-o‘rindan joy olgan.

Liga 1

8-tur bahslari

25-sentabr, shanba

“PSJ” — “Monpelye” 2:0

Gollar: 1:0 – 14 Guye, 2:0 – 88 Draksler.

“PSJ” – Navas, Hakimi, Markinyos, Kimpembe, Diallo, Errera (Rafinya, 90), Guye (Veynaldum, 81), Paredes, di Mariya (Draksler, 88), Neymar, Mbappe (Ikardi, 88).

“Monpelye” – Omlin, Tuler (Kossa, 26), Estev, Ristich, Savanye, Ferri (Lerua, 78), Molle (Makuana, 79), Shotar (Joakkini, 88), Sambiya, Jermen, Mavididi (Vai, 79).

Ogohlantirishlar: Makuana (90).