Daryo

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlari muallimlarining ish haqi va stipendiyalari qariyb 2 barobarga oshirildi

Hay’at, shuningdek, pandemiya sharoitida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan masjidlar xodimlariga ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli qaror chiqardi

1 daqiqa o‘qish30 396 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Nurulloh Sharif

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi hamda Oliy Hay’atining maxsus qarorlari bilan Oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlari muallimlari ish haqlari va stipendiyalari 2021-yil 20-sentabrdan boshlab qariyb ikki barobar oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Nurulloh Sharif
Hay’at, shuningdek, pandemiya sharoitida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan masjidlar xodimlariga ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli qaror chiqardi.

Mavzuga doir: “Ayni kunlarda munosib nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda”. Musulmonlar idorasi muftiy qay tartibda saylanishini ma’lum qildi

Bundan avval O‘zbekiston OTMlarida kontrakt miqdori oshgani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirilgani, ish haqining oshirilishi O‘zbekiston budjetiga qanchaga tushishi ma’lum qilingani hamda O‘zbekistonda 1-sentabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshirilgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar