Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 5-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 18-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Liverpul” o‘z maydonida qiyinchiliksiz “Kristal Pelas”ni mag‘lub etdi. Mersisaydliklar safida Sadio Mane, Muhammad Saloh va Nabi Keyta gol muallifiga aylandi.

G‘alabadan so‘ng “qizillar” 13 ochko bilan peshqadamga aylandi. “Pelas” (5) 13-o‘rindan joy olgan.

“Arsenal” “Byornli” ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. Martin Edegor londonliklarning yagona goli muallifiga aylandi. “Manchester Siti” esa kutilmaganda “Sauthempton” bilan durang o‘ynadi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

“Siti” 10 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi. Ochkolari 6 taga yetgan “Arsenal” esa 12-o‘ringa ko‘tarildi.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

APL

5-tur bahslari

18-sentabr, shanba

“Liverpul” – “Kristal Pelas” 3:0

Gollar: 1:0 — 43 Mane, 2:0 — 78 Saloh, 3:0 — 89 Keyta

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Konate, Simikas, Henderson (Origi, 88), Tiago Alkantara (Keyta, 62), Fabinyo, Milner, Saloh, Mane, Diogu Jota (Jons, 76).

“Kristal Pelas”: Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Kuyate (Olise, 82), Makartur (Ridevald, 65), Gallaxer, Ayyu, Zaa, Benteke (Eduar, 65).

Ogohlantirishlar: Henderson (40), Simikas (75), Saloh (79), Uord (83).

“Byornli” – “Arsenal” 0:1

Gol: 0:1 – 30 Edegor.

“Byornli”: Poup, Louton, Mi, Tarkovski, Teylor, Gudmundsson (Korne, 57), Vestvud, Braunxill, Vud (Rodriges, 82), Barns (Vidra, 57), Maknil.

“Arsenal”: Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Tirni (Nunu Tavaresh, 78), Saka, Parti (Meytlend-Naylz, 75), Edegor, Smit-Rou (Lokonga, 61), Pepe, Obameyang.

Ogohlantirishlar: Barns (19), Vestvud (29), Nunu Tavaresh (90).

“Manchester Siti” – “Sauthempton” 0:0

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Fernandinyo (de Bryuyne, 65), Gundo‘g‘an, Bernardu Silva (Foden, 72), Grilish, Sterling, Gabriel Jezus (Mahrez, 67).

“Sauthempton”: Makkarti, Livramento (Perro, 86), Stivens (Salisu, 37), Bednarek, Uoker-Piters, Elyunussi, Redmond, Romeu, Uord-Prouz, Armstrong, Adams (Broya, 68).

Ogohlantirishlar: Uoker-Piters (52), Livramento (84).

“Vulverhempton” – “Brentford” 0:2

Gollar: 0:1 – 28 Touni (penalti), 0:2 – 34 Mbemo.

“Norvich” – “Uotford” 1:3

Gollar: 0:1 – 17 Dennis, 1:1 – 35 Pukki, 1:2 – 63 Sarr, 1:3 – 80 Sarr.