Daryo

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdi

Ikki mamlakat yetakchilarining 2021-yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammitida O‘zbekiston va Pokistonning ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

1 daqiqa o‘qish41 736 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Dushanbe shahrida Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki mamlakat yetakchilarining 2021-yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammitida O‘zbekiston va Pokistonning ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu yil boshidan ikki tomonlama tovar ayirboshlash 2,5 barobar ortgani, 30 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etilgani ta’kidlandi. Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi.

Samarali ishbilarmonlik almashinuvlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish borasida birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi. Eng avvalo, preferensial savdo to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilish, tranzit va savdo munosabatlari to‘g‘risidagi bitim qoidalarini bajarish, qabul qilingan “yo‘l xarita”siga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.

Uchrashuvda Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar