Daryo

O‘zbekistonda Chevrolet Onix sotuvga chiqqani rad etildi

UzAuto Motors bu ma’lumotning asossiz ekanligini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish94 576 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UzAuto Motors

14-sentabr kuni  ijtimoiy tarmoqlarda Onix avtomobili 13 ming dollardan boshlab sotuvga chiqqani aytilgan video keng tarqaldi. UzAuto Motors bu ma’lumotning asossiz ekanligini ma’lum qildi.

Foto: UzAuto Motors

“Bugungi kunda sotuvda mavjud bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati bilan uzautomotors.com sayti orqali tanishishingiz mumkin. Qolaversa, Chevrolet Onix rusumli avtomobilning sotuvi boshlanishi haqida biz rasmiy kanallarimizda e’lon qilamiz. Shuningdek, keltirilgan videoda sotuv boshlangani haqida hech qanday gap yo‘qligini inobatga oling”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Bundan tashqari, yonilg‘i sarfi tarqalgan videoda aytilganidek 8 litr emas, 6 litrgacha bo‘lishi, avtomobillar sotuvi hamda narxi bo‘yicha ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy kanallaridan yoki @uzavtosavdo_bot Telegram-boti orqali bilib olish mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Onix avtomobilini yagona platformadagi ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushirish ishlari 2021-yilning iyul—avgust oyida olib borildi.

Aprel oyida UzAuto Motors Chevrolet Onix’ni turli soha vakillari va blogerlar ishtirokida sinovdan o‘tkazgandi.

Mavzuga doir: UzAuto Motors 2021-yilning birinchi yarmida 1,9 trln so‘m miqdorida bojxona imtiyozi va preferensiyalar oldi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar